Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Freedom Payments kompaniyasida bo‘lgan tekshiruv fuqarolarning plastik kartasidan 12 mlrd so‘m o‘g‘irlangani bo‘yicha tergovga bog‘liqligini ma’lum qildi. Pul to‘lov tizimi orqali xorijga chiqib ketgan, shu sabab organlar tergov tadbirlarini o‘tkazmoqda, deyiladi izohda.
“Gazeta.uz” kecha xabar bergan Freedom Payments kompaniyasi xodimlarining tekshiruvdan o‘tkazilishi bo‘yicha holat “mamlakatdan kapital olib chiqib ketilishining oldini olish bo‘yicha standart jarayon bilan bog‘liq”, deya xabar berdi kompaniya. Bunday tekshiruvlar bir qator boshqa to‘lov tashkilotlarida ham o‘tkaziladi.
Toshkentdagi Freedom Payments (Freedom Pay) xorijiy kompaniyasi ofisiga niqob taqqan shaxslar kelgani aytilmoqda. Bir necha xodim hibsga olingan. Sabablari hozircha noma’lum.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting